Ukraina prezidenti Pyotr Proshenkoning Xarkovda ma’lum qilishicha, u 16—17-oktabr kunlari Milan (Italiya)da o‘tkaziladigan Osiyo — Yevropa sammiti doirasida Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muzokaralar olib boradi. Bu haqda Korrespondent.net xabar bermoqda.
“Milanda men Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin bilan uchrashaman”, — deb qayd etdi Poroshenko.
Ukraina rahbari muzokaralar qiyin kechishini taxmin qilmoqda. Biroq uning aytishicha, Ukraina mazkur uchrashuvda muvaffaqiyat qozonadi.
Avvalroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov Kreml Putinning Poroshenko bilan uchrashuvini tayyorlayotganini ma’lum qilgandi. Kutilayotgan uchrashuvga tayyorgarlik haqidagi ma’lumotni Ukraina rahbari ma’muriyati ham tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina va Rossiya yetakchilari so‘nggi bor 26-avgust kuni Minsk (Belorussiya)da uchrashgan.
Izoh (0)