O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida Fuqarolar mudofaasi xalqaro tashkiloti bosh kotibi V. Kuvshinov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi.
Uchrashuvda zamonaviy jamiyatning yanada sanoatlashuvi, ishlab chiqarish texnologik jarayonlarining modernizatsiya qilinishi texnogen va tabiiy sabablar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning ro‘y berishi ehtimoliga ta’sir ko‘rsatayotgani ta’kidlandi.Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida favqulodda vaziyatlarni prognoz qilish va ular haqida oldindan ogohlantirishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda turli xalqaro tashkilotlar, jumladan, Fuqarolar mudofaasi xalqaro tashkiloti bilan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Mamlakatimizda qutqarish xizmatlarining yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlashning samarali tizimi tashkil etilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tuzilma va bo‘linmalari zamonaviy texnika va jihozlar bilan ta’minlanmoqda.
Uchrashuvda ushbu sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Izoh (0)