Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yashovchi ayolning uyiga tunda noma’lum shaxs devor osha bostirib kirdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining “Postda” gazetasi xabar bermoqda.
Noma’lum shaxs yotoqxonada yotgan uy bekasini bo‘g‘ib, sariq metaldan yasalgan zargarlik buyumini yulib oldi. Keyin esa sandiqdagi 2500 AQSh dollarini olib, voqea joyidan yashirindi. Fuqaroning murojaati asosida o‘tkazilgan tezkor surishtiruv harakatlari natijasida bosqinchi aniqlanib, qo‘lga olindi.
Birovlarning tinchini buzgan bosqinchi jabrlanuvchining mahalladoshi bo‘lib chiqdi. Hozirda uning qilmishiga tergovda oydinlik kiritilmoqda.
Izoh (0)