Shahrisabzda tadbirkor Sa’dulla Mamadaliyev rahbarligidagi “Zoosirk” xususiy korxonasi tomonidan hayvonot bog‘i tashkil qilindi. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Mazkur bog‘da mehmonlar yirtqich qushlar, bo‘ri, maymun, ayiq, sher, yo‘lbars, Xitoy qo‘tosi, tuyaqush kabi 60 turdagi noyob jonivorlarni tomosha qilishlari mumkin.
“Shuningdek, hudud tabiati va tarixiy osori-atiqalar ham bu yerga keluvchilarda katta taassurot qoldirishi shubhasiz», – deb yozadi gazeta.
“Bog‘imiz hududi 2 gektarni tashkil qiladi. Bu yerda attraksionlar va sport maydonchalari ham bunyod etayapmiz. Qolaversa, turli tomoshalar ko‘rsatish uchun 3 ming kishiga mo‘ljallangan amfiteatr barpo qilishni rejalashtirganmiz”, — deydi S. Mamadaliyev.
Izoh (0)