Shvetsiya Qirolligi Fanlar akademiyasi Nobel qo‘mitasi 2014-yilgi Nobel mukofoti kimyo yo‘nalishi bo‘yicha Erik Betsig, Shtefan Xell va Uilyam Mernerga topshirilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Gazeta.ru.
Nobel Qo‘mitasi saytida xabar berilishicha, Erik Betsig va Uilyam Merner AQSh universitetlarida faoliyat olib boradi, Shtefan Xell esa Germaniya vakili hisoblanadi.
Olimlar yuqori o‘lchamli mikroskopiya sohasida amaldagi chegaralardan o‘tib, nano-dunyoni kuzatish imkonini beruvchi tizimni kashf etgani uchun ushbu yuksak mukofotga loyiq ko‘rilgani aytilmoqda.
Izoh (0)