Texnika, ilm-fan va dizayn bo‘yicha xabarlar berib boruvchi The Verge nashri xodimlari klaviatura tugmalari bosilishidan hosil bo‘lgan ovozlar yordamida musiqa yaratishdi. Bu haqda LookAtMe ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Video suratga olinishida yozuv mashinasi, turli xil avlod noutbuklari va hatto mobil telefon kabi jami 12 ta qurilma klaviaturasidan foydalanilgan.
Videorolik IBM kompaniyasining klaviaturalari tarixi haqidagi maqola uchun tayyorlangan bo‘lib, mualliflarning ta’kidlashicha, buning uchun ikkitadan mikrofon va kamera zarur bo‘lgan. Klaviatura tugmalari bosilishdan hosil bo‘lgan juda ko‘p ovoz yozib olingan va ular orasidan keraklilari tanlanib, musiqa yaratilgan.
Izoh (0)