8-oktabr kuni Farg‘ona vodiysini O‘zbekistonning qolgan qismi bilan bog‘lab turuvchi Qamchiq dovoniga qor tushdi. Bu haqda “Kun” xabar bermoqda.
Avvalroq O‘zbekistonning shimoliy hududlari, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ba’zi joylarida havo harorati kechasi -2 darajagacha pasayishi haqida ogohlantirilgan edi.
Shuningdek, respublikaning boshqa viloyatlari, shu bilan birga, poytaxtda ham havo o‘zgarib turishi, haroratning pasayishi kutilayotgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)