Sammobile sayti Android’ning yangi versiyasida ishlayotgan Samsung Galaxy S5 smartfoni haqida videoni taqdim etdi. Bu haqda “Parol” nashri xabar berdi.
Android operatsion tizimining yangi versiyasi oktabr oyida barcha uchun foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Yangi versiya hozircha Android L deb nomlangan bo‘lib, uning rasmiy nomi Android Lollipop bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Videodan ko‘rish mumkinki, Android L hali to‘liq holatda emas. Unda ayrim tugmalar va funksiyalar yo‘q. Shuningdek, ba’zi dasturlarni bir martada ochib bo‘lmagan yoki juda sekin ochilgan. Yangi Android versiyasi to‘liq holatida bundan ancha yaxshi ishlashini taxmin qilish mumkin.
Ta’kidlab o‘tish joiz, Galaxy S5 smartfonida ishlayotgan Android L operatsion tizimida TouchWiz interfeysi saqlanib qolgan. Shuningdek, Android L’da ishlayotgan smartfondan olingan skrinshotlarni “Parol” nashrining ushbu maqolasida tomosha qilishingiz mumkin.
Izoh (0)