Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekistonning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida 2014-yilning 1-oktabridan boshlab “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” ishga tushirildi, deb xabar bermoqda portal.
Kabinetda Yagona portalning barcha axborot va interaktiv xizmatlaridan foydalanish imkoni mavjud bo‘lib, tadbirkorlik subyektlari uchun mo‘ljallangan xizmatlar, jumladan, ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishga ariza berish, ma’lumotnoma olish, moliyaviy, soliq, statistika hisobotlarni interaktiv ko‘rinishda rasmiylashtirish hamda taqdim etish kabi qulay xizmatlar taqdim etilgan.
Izoh (0)