2014-yilgi Nobel mukofotiga Fiziologiya va tibbiyot sohasida AQShlik Jon O’Kif hamda norvegiyalik oila − May-Britt va Edvard Mozer sazovor bo‘ldi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Stokgolmdagi Karolina instituti qoshidagi Nobel qo‘mitasining xabariga ko‘ra, uch olim miyaning yo‘naltirish tizimiga javob beruvchi hujayralar borligini kashf qilgani uchun mukofotga loyiq ko‘rilgan. Bu o‘ziga xos ichki GPS bo‘lib, bizning ma’lum makonda yo‘nalishlarni topishimizga yordam beradi.
Mukofot uchun qo‘yilgan jami nomzodlar soni bu yil 263 nafarni tashkil etgan. G‘oliblarga diplom va oltin medal topshiriladi. Shuningdek, 8 million shved kronasi (taxminan 1,1 million dollar) miqdorida pul mukofoti ham ajratiladi.
Izoh (0)