Ukraina Bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Kiyev tomonidan Rossiya Federatsiyasiga qarshi kiritiladigan sanksiyalar tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda “Segodnya” xabar bermoqda.
“Agar Rossiya Federatsiyasi Ukraina mahsulotlariga nisbatan cheklovlar joriy qiladigan bo‘lsa, Rossiya mahsulotlariga nisbatan qo‘yiladigan cheklov choralarining to‘plami tayyor”, − dedi Yatsenyuk. U sanksiyalarning joriy etilishi to‘g‘risidagi yakuniy qaror Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi tomonidan qabul qilinishi lozimligini ham eslatib o‘tdi.
Shuningdek, u cheklov choralari orasida alohida shaxslarga nisbatan ham sanksiyalar borligini aytib o‘tdi: “To‘plamda 200 ga yaqin jismoniy shaxs va 300 ga yaqin turli kompaniyaga qarshi alohida sanksiyalar mavjud. Biz Rossiya cheklovlar kiritishini kutyapmiz, men ularning o‘zlariga ham, so‘zlariga ham ishonmayman. Bunday ssenariyda Rossiya bilan savdo aylanmamiz 7 milliardgacha kamayadi. Lekin biz buning o‘rnini Ukrainada Rossiya mahsulotlarini cheklash va Yevropa bozorlariga chiqish bilan qoplaymiz”.
Izoh (0)