Deyarli barcha kompaniyalar selfi telefonlari ishlab chiqarishni boshladi. Shu qatorda HTC ham o‘zining selfi telefonlarini ishlab chiqarishi mumkinligi haqida Phonearena.com ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Kompaniya One (M8) EYE deb nomlangan selfi telefonini taqdim etishi mumkin. Shuningdek, taxmin qilinishicha, HTC Desire Eye smartfoni ham ishlab chiqariladi.Desire Eye smartfonida 2,4 GGs chastotaga ega to‘rt yadroli Snapdragon 801 protsessori, 5,2 dyuymli Full HD displey, har biri 13 megapikselli old va orqa kamera, 2 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira, 2400 mA·soat quvvatga ega batareya o‘rnatilishi va ushbu smartfon IPX7 – bir metr suv ostida 30 daqiqa ushlab turish mumkin bo‘lgan sertifikatga ega bo‘lishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Microsoft Lumia 730/735, Sony Xperia C3 va Samsung Galaxy Grand Prime selfi telefonlarini taqdim etishgan edi. Hatto selfi tasvirlar olish uchun mo‘ljallangan shlyapa ham ishlab chiqarilgan. Endi esa, navbat HTC kompaniyasiga :)
Izoh (0)