Fransiyaning “Pari Sen-Jermen” klubi va Shvetsiya terma jamoasi hujumchisi Zlatan Ibrohimovich o‘z faoliyati haqida hujjatli film suratga olmoqchi, deb xabar bermoqda Eurosport.
“Rusengorddan birdan ortiq gol bilan” deb nomlanadigan film Ibrohimovichning “Men − Zlatan” nomli minglab nusxada butun dunyoga tarqalgan tarjimai holi asosida suratga olinadi. Film Zlatanning professional futbolchilik faoliyatiga bag‘ishlanadi. Asosiy urg‘u futbolchining Shvetsiya terma jamoasi uchun gol urish bo‘yicha rekordiga qaratiladi.
“Bu men milliy terma jamoa uchun urgan 50 golimga o‘zimning shaxsiy qarashimdir. Men o‘z rekordim bilan juda faxrlanaman. Hujjatli film yosh avlodga hayotda hamma narsani amalga oshirish mumkinligini ko‘rsatadi”, − dedi Ibrohimovich.
Izoh (0)