O‘zbeksitonning birinchi raqamli raketka ustasi Denis Istomin Tokioda davom etayotgan Rakuten Japan Open Tennis Championships musobaqasining yarim finaliga chiqa olmadi, deb xabar bermoqda UzDaily.
Chorak final bahsida Istomin Kanada vakili Milosh Raonichga ikki setda 7/6 (8) va 6/3 hisoblarida imkoniyatni boy berdi. O‘yin 1 soat 19 daqiqa davom etgan.
Raonich 1 breyk-point olib, 15 ta eys zarbasini ijro etdi va o‘z to‘p oshirishlarida 6 ta xatoga yo‘l qo‘ydi. Istomin raqibining zarbalaridan birortasini ham ololmadi, 1 ta eys ijro etib 3 ta qo‘shxatoga yo‘l qo‘ydi.
Izoh (0)