Gonkongda minglab namoyishchilar hukumat organlari qarorgohlari joylashgan Admiralti mavzesini bloklashda davom etmoqda. Gonkong hukumati esa ularning shartlarini bajarmoqchi emas, deb xabar berdi Euronews.
Yarim tunda namoyish yetakchilari hukumat oldiga qo‘ygan ultimatumning muddati tugagan. Unga binoan, agar Gonkong ma’muriyati rahbari Lyan Chjenin iste’foga chiqmasa, namoyishchilar hukumat binolarini egallashni boshlashlari kerak edi. Politsiya namoyishchilarni bunday harakatlarning og‘ir oqibatlarga olib kelishidan ogohlantirgan.
Lyan Chjenin esa, o‘z navbatida, iste’foga chiqmoqchi emas. U televideniye orqali chiqish qilib, muzokaralar uchun o‘z vakilini tayinlaganini ma’lum qilgan va namoyishchilarni qonunga rioya qilishga chaqirgan.
Gonkong aholisining hammasi ham bu namoyishlarni qo‘llab-quvvatlamayapti. Payshanba kuni hukumatni qo‘llab-quvvatlab 100 ming kishi namoyishga chiqqan, ular “Biz ham demokratlashuvni istaymiz, lekin tinch yo‘l bilan” mazmunidagi shiorlarni ko‘tarib olgan.
Izoh (0)