“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi 26-oktabrdan parvozlarning kuzgi-qishgi taqvimiga o‘tadi. Bu haqda UzDaily nashri xabar bermoqda.
Xalqaro reyslar taqvimiga bir qator yangiliklar kiritiladi. Jumladan, Toshkent-Riga-Nyu-York reysiga qo‘shimcha tarzda Toshkent-Riga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘nalishi kiritiladi. Dekabr oyidan Dubay, Dehli, Amritsar va Urumchiga uchadigan reyslar soni oshiriladi. Haftaning uchinchi kunlari Yaponiyaga reys yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
MDH doirasida esa Yekaterinburgga uchadigan reyslar yana bittaga ko‘paytiriladi. Krasnodarga boradigan reys soni oshmaydi, biroq kuni o‘zgartiriladi. Buxoro-Krasnodar, Toshkent-Xabarovsk va Urganch-Volgograd yangi reyslari ish boshlaydi. Bokuga reyslar haftasiga 3 marta amalga oshiriladi.
Mahalliy reyslarda deyarli o‘zgarishlar yo‘q, faqatgina yangi Buxoro-Farg‘ona reysi ishga tushiriladi.
Izoh (0)