Facebook ijtimoiy tarmog‘i va YouTube videoxizmati Xitoy hukumatiga ekstremistik mazmundagi materiallarni o‘chirishda rad javobini berdi, deb xabar bermoqda “TASS”.
China Daily nashrida Internetdagi noqonuniy ma’lumotlar bo‘yicha hisob-kitoblar markazining hisobotidan keltirilgan parchada aytilishicha, “Pornografik va ekstremistik mazmundagi materiallarga qarshi kurashish kampaniyasi doirasida eng yirik internet saytlarida, jumladan Facebook va YouTube’da “Sharqiy Turkiston” harakatining videoyozuvlari joylashtirilganligi aniqlangan. Facebook va YouTube bu materiallarning o‘chirilishi uchun yetarlicha harakat qilmagan”.Xitoylik ekspertlarning fikricha, bunday materiallarning internetda joylashtirilishi terrorchilar faolligining oshishiga olib keladi. Facebook va YouTube esa Xitoyda ushbu saytlarning yopib qo‘yilganligini asos qilib, Pekinning so‘rovlari noo‘rin ekanligini ta‘kidlamoqda.
Izoh (0)