O‘zbekistonlik taekvondochilar delegatsiya hisobiga oltin medalni taqdim etdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Jasur Boyqobilov (87 kg) finalda xitoylik Chen Ling Longni mag‘lub etdi. U olti ochko jamg‘argan bo‘lsa, raqib taekvondochisi uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Ta’kidlash lozim, Jasur g‘oliblik yo‘lida kuchli taekvondo maktabiga ega bo‘lgan Eron, ushbu sport turining vatani hisoblangan Janubiy Koreya vakillarini mag‘lub etdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni oltita oltin, oltita kumush va 13 ta bronzaga yetdi.
Izoh (0)