Apple iPhone 6 smartfonlari oson bukiluvchan ekanligi haqidagi mish-mishlar tarqalganidan so‘ng juda ko‘p kompaniyalar, havaskorlar, YouTube yoki umuman internet foydalanuvchilari Apple’ni masxara qila boshladi. Shulardan biri esa, hazil o‘rnida qabul qilish mumkin bo‘lgan Nokia 3310 telefonini ham bukilish sinovidan o‘tkazilgani bo‘ldi, deya xabar beradi “Parol” nashri.
Eslatib o‘tamiz, bu telefon bundan 14 yil oldin ishlab chiqarilgan va uning o‘ta mustahkam ekanligini ko‘pchilik ta’kidlaydi. Nokia 3310 telefonini hatto “yong‘oq chaqish uchun mo‘ljallangan” deb ta’riflaydiganlar ham mavjud.
Videodan ko‘rish mumkinki, Nokia 3310 telefonini bukish uchun juda ko‘p harakat qilindi. Katta kuch sarflandi, afsuski bu telefon buklanmadi. Avvalroq esa iPhone 6 Plus hamda Nokia 3310 telefonlarini bukishga harakat qilish va uning natijasi haqida quyidagi hazil surat internetda tarqalgan edi.
Shuningdek, turli kompaniyalarning iPhone 6 smartfonini mazah qilib internetga joylagan suratlarini ushbu maqolada ko‘rishingiz mumkin.
Izoh (0)