Yaqin vaqt ichida barcha MDH davlatlarida umumiy yo‘l qoidalari paydo bo‘lishi mumkin. Yo‘l harakati xavsizligi bo‘yicha umumiy model qonunini ishlab chiqishni Rossiya parlamenti yuqori palatasi − Federatsiya Kengashi raisi Valentina Matvienko taklif qilgan, deb xabar bermoqda Avto.Mail.ru.
Ayni paytda qonunni ishlab chiqish bo‘yicha ishlar ekspert guruhi darajasida boshlangan. “Umid qilamanki, kelasi yilning yarmidan kech bo‘lmagan muddatda qonun Parlamentlararo Assambleyaga taqdim etiladi va milliy parlamentlarga xavfsizlikka aloqador barcha masalalarni aniqlash va yagona huquqiy maydonga jamlash uchun yaxshi muhokama manbasi bo‘ladi”, − dedi Matvienko.
Shuningdek, u model qonunlar MDH davlatlari qonunchiligiga muvaffaqiyat bilan moslashishini va MDH davlatlaridan biriga o‘tayotgan kishi yo‘l qoidalarini yangidan o‘rganishi kerakligini noto‘g‘ri deb hisoblashini ta’kidlagan.
Izoh (0)