Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduga qo‘ng‘iroq qilib, undan mankunianliklar safiga qaytishini so‘radi. Bu haqda FIFA agenti Fransua Galyardo ma’lumotiga tayanib, Uff.uz xabar bermoqda.
“O‘tgan hafta, chorshanba kuni Aleks Fergyuson Krishtianu Ronalduga qo‘ng‘iroq qildi. Ammo Ronaldu o‘zini ‘Real’da baxtli his qilmoqda.
Uning transfer ishlari esa agenti Jorje Mendeshga bog‘liq”, — dedi Galyardo.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Manchester Yunayted” Ronalduni qaytarmoqchi bo‘lsa, 180 million yevro to‘lashi lozimligi xabar qilingan edi. The Guardian tomonidan ta’kidlanishicha, “Qirollik klubi” ham, o‘z navbatida, shuncha mablag‘ evaziga Ronalduni sotishga qarshi emas.
Izoh (0)