BMT Bosh assambleyasi yalpi majlisida ayni damda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga raislik qilayotgan Shveysariya prezidenti Didye Burkxalter nutq so‘zlab, Rossiyani Yevropadan ajratib qo‘yish hech qanday muammoni hal qilmasligi, aksincha, yanada katta muammolarni keltirib chiqarishini aytdi, deb xabar bermoqda “Segodnya”.
“Agar Rossiyani Yevropadan shunchaki ajratib qo‘ysak, bu hech qanday muammoni hal qilmaydi, aksincha, Yevropada ham, uning tashqarisida ham yanada katta muammolar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi”, — dedi Shveysariya prezidenti.
Uning fikricha, Ukrainada barqarorlikni Rossiya bilan hamkorlik o‘rnatish orqaligina tiklash mumkin.
“Mazkur inqirozning yechimini izlashda Rossiyaga qarshi emas, u bilan birgalikda ishlasak, Ukrainada ham, Yevropada ham barqarorlik tiklanishi mumkin”, — dedi Burkxalter.
Eslatib o‘tamiz, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Donbass voqealarini tartibga solishda faol ishtirok etmoqda.
Izoh (0)