Apple kompaniyasi iPhone 6 smartfonlarining katta displeyga ega ekanligini ta’kidlab yangi reklama roliklarini taqdim etdi. Videoga Jimmi Fellon va Jastin Timberleyklar ovoz bergan. Bu haqda Mashable ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Birinchi videoda Fellon iPhone 6 smartfonini, Timberleyk esa iPhone 6 Plus planshetofonini tanishtiradi. Shundan so‘ng, Fellon iPhone 6’ning xususiyatlarini maqtay boshlaydi. Jastin esa faqat Huge – “ulkan, juda katta” deb o‘zining qo‘lidagi iPhone 6 Plus’ni maqtaydi.
Ikkinchi videoda ham Fellon va Timberleyk ishtirok etgan. Bunda ham ular smartfonlarini tanishtirishadi va iPhone 6’ning kamera xususiyatlari haqida gapirishadi. Unda Slow Motion – sekinlashtirilgan video, videoni tezlashtirish va boshqa funksiyalarni gapirib o‘tiladi.
Har ikkala video ham iPhone 6 smartfonlarining Bigger than Bigger (“Kattaroqdan ham kattaroq”) shiori bilan yakunlanadi.
Izoh (0)