Hamisha yosh bo‘lib kelgan Oksana Chusovitina Osiyo o‘yinlarining kumush medalini qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
O‘zbekistonlik 39 yoshli atletikachi sport gimnastikasining tayanchga tayanib sakrash bo‘yicha final bahslarida ishtirok etdi.
Dastlabki urinishda u 14.900 ballga munosib topilgan bo‘lsa, ikkinchi sakrashda 14.600 ball oldi. Natijada uning o‘rtacha bahosi 14.750 ballni tashkil etdi.
Ushbu yo‘nalishda g‘oliblikni KXDR vakili Xong Yun Chjong (15.349) egallagan bo‘lsa, vyetnamlik Pan Ti Xa Tan (14.683) bronza medalga ega bo‘ldi.
Finalda ishtirok etgan yana bir O‘zbekistonning yana bir vakili Dilnoza Abdusalimova esa 13.166 ball bilan 6-o‘rinni band etdi.
Izoh (0)