Toshkentdagi Premium Auto avtosaloni Nissan avtomobillarning yangilangan narxini e’lon qildi. Bu haqda Bibi.uz sayti xabar bermoqda.
Avtosalon xaridorlarga avtomobillar ishlab chiqarilgan zavodning 50 ming kilometr masofagacha yoki ikki yillik muddatgacha bo‘lgan davr uchun kafolat taqdim etadi.
Narxlar CIP-Toshkent shartlaridan kelib chiqib, bojxona to‘lovi hisobga olinmagan holda belgilangan.
Patrol, Murano, Urvan markali avtomobillar narxi pul to‘lash paytida valyuta kursi bo‘yicha qayta hisoblanadi.
Izoh (0)