Koreya Xalq Demokratik Respublikasining Vonsan shahri hududida maxsus sayyohlik zonasi yaratish loyihasining tadqimoti o‘zining misli ko‘rilmagan darajada ochiq o‘tganligi bilan ishtirokchilarni hayratga soldi. Bu haqda Janubiy Koreyaning “Choson Ilbo” gazetasiga tayanib “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Taqdimot Xitoyning Dalyan shahridagi mehmonxonada Xitoy va AQShlik 200 dan ortiq etnik koreyslar ishtirokida tashkillashtirilgan. Bu turdagi oldingi tadbirlardan farqli ravishda, taklif qilinganlar tashkilotchilarga istalgan savollarini berishlariga ruxsat berilgan va hattoki ularga javob ham qaytarilgan.
Ushbu loyiha ishga tushirilgach, mamlakatga keladigan turistlar soni “bir necha bor” oshishi aytildi. Shuningdek, tashkilotchilar hozirda KXDRda davlat xizmatlari viza berish jarayonini soddalshtirish ustida ish olib borayotganini xabar bergan.
KXDR sayyohlarni qabul qilish uchun o‘ziga xos imijga ega bo‘lib, uch amerikalik sayyoh mehmonxonada Injilni qoldirib ketganlari uchun haligacha mamlakat qamoqxonalarida saqlanmoqda. Shuningdek, Pxenyan 2008-yilda tog‘da sayr qilib yurgan askarlar tomonidan Van-Ya bog‘ida otib o‘ldirilgan janubiy koreyalik turistning halokati uchun uzr so‘ramagan.
Izoh (0)