22—26-sentabr kunlari O‘zbekistonda InfoCom-2014 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tadi. Haftalik tadbirlari orasidan o‘rin olgan milliy Uz domeni internet festivali g‘oliblarini taqdirlash marosimi bugun, 22-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi.
Xabar berilganidek, hafta davomida to‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, “Daryo” Uz domeni internet-festivalining eng ommabop OAV sayti yo‘nalishida birinchi o‘rinni egalladi. G‘oliblar WWW.uz saytida berilib boriladigan xost (unikal tashrifchi)lar miqdoriga qarab aniqlandi.
Hakamlar hay’ati e’lon qilgan natijalar bo‘yicha esa “Daryo” eng yaxshi OAV saytlari reytingida ikkinchi pog‘onadan joy oldi. Birinchi o‘ringa “Anhor” nashri loyiq deb topildi.
Festival natijalari va g‘oliblarni taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir Toshkentdagi “Yoshlar ijod saroyi”da bo‘lib o‘tdi. Festivalning 10 ta mavzuli va 2 ta maxsus yo‘nalishlar bo‘yicha saralab olingan g‘oliblari marosim davomida taqdirlandi.
AKT haftaligi 26-sentabrga qadar davom etadi.
Izoh (0)