Tailandning Bangkok shahrida o‘tkazilgan 16 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasi poyoniga yetdi. Ikki Koreya davlatlari o‘smirlari o‘rtasida o‘tgan final uchrashuvida 1:2 hisobida shimollik o‘smirlarning qo‘llari baland keldi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Uchrashuvning 33-daqiqasida janubliklar hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda shimolliklar ikkita to‘p kiritib (52 va 66- daqiqalarda), g‘alabani ilib ketdi.
Shunday qilib, KXDR U-16 terma jamoasi Osiyo chempioni nomiga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)