Yaponiya hukumati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish borasidagi qaroriga o‘zgartirish kiritdi. Xususan, Tokio cheklov choralarini e’lon qilishni ortga surishga qaror qildi, deb xabar berdi Korrespondent.net “ITAR-TASS”ga tayanib.
Agentlikning ma’lum qilishicha, sanksiyalar Moskvaning Tokio harakatlariga qanday javob berishini kuzatish uchun ortga surilmoqda. Biroq mazkur yangi choralar bekor qilinmaydi. Ularning mazmun-mohiyati keyinroq e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Yaponiya 19-sentabr, juma kuni Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar e’lon qilishni rejalashtirgan edi. Mazkur cheklov choralari Ukrainadagi vaziyatga daxldor deb hisoblangan jismoniy va yuridik shaxslarning bankdagi hisoblarini muzlatib qo‘yishni ko‘zda tutadi.
Izoh (0)