Apple iPhone 6 smartfonlarining rasman sotuvi boshlangan ilk davlat Avstraliya bo‘ldi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Sidney shahrining George ko‘chasidagi Apple do‘koni mahalliy vaqt bilan 8:00 da ochildi. Bu paytgacha esa yangi Apple smartfonlarini oldindan buyurtma qilgan 1200 nafar kishi do‘kon oldida navbatda turgan edi. Ilk iPhone 6 smartfonlarini qo‘lga kiritgan avstraliyaliklarning xursandchiliklarini quyidagi videoda tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Apple iPhone 6 smartfonlariga oldindan buyurtma qabul qilish boshlanganidan so‘ng, 24 soat ichida 4 million dona iPhone 6 hamda iPhone 6 Plus smartfonlari sotilgan. Bu esa yangi rekord natija hisoblanadi.
Shuningdek, Avstraliyada sotilgan ilk iPhone 6 Plus smartfonlaridan biri xarid qilinib, uning ichki qismi qanday tuzilgan ekanligini bilish maqsadida bo‘laklarga ajratildi. Bu haqda “Parol” nashrining ushbu maqolasida batafsil o‘qishingiz mumkin.
Izoh (0)