Rossiyaning “Krasnodar” klubi safarda Fransiyaning “Lill” jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 1:1 hisobida durang natija qayd etdi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Krasnodarliklar bu o‘yinda g‘alabaga yaqin turgan edi. Birinchi bo‘limning 35-daqiqasida Laborde hisobni ochdi. Bu o‘rinda O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Odil Ahmedovni alohida ta’kidlash lozim. Yarim himoyachi tovoni bilan juda chiroyli uslubda jamoadoshini qulay vaziyatga chiqarib yubordi va Laborde yakuniy zarbada adashmadi.
Ikkinchi bo‘limning 63-daqiqasiga kelib, Kyer hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Shundan so‘ng, uchrashuvda boshqa gol kiritilmadi. Odil Ahmedov o‘yinda to‘liq ishtirok etdi.
Yevropa ligasi
“Lill” (Fransiya) — “Krasnodar” (Rossiya): 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 — 35 Laborde, 1:1 — 63 Kyer.
“Lill”: Enyema, Korshya, Basha, Kyer, Suare, Mavuba (Delaplas, 46), Balmon (Mendesh, 77), I. Guye, Lopesh, Oriji, Ru (M. Fray, 46).
“Krasnodar”: Dikan, Yenjeychik, Grankvist, Sigurdsson, V.Kaleshin, Gazinskiy, Laborde (Vanderson, 70), Pereyra, Ahmedov, Izmaylov (V.Bistrov, 69; Burmistrov, 86), Ari.
Ogohlantirishlar: Grankvist (19), Gazinskiy (62), V.Bistrov (79), Yenjeychik (84).
Izoh (0)