Butun jahon bo‘yicha internet tezligining yangi reytingida Rossiya MDH davlatlari ichida birinchi o‘rinni egalladi. Rossiya Federatsiyasidagi internetning o‘rtacha tezligi soniyasiga 25 megabit atrofida bo‘lib, bu ko‘rsatkich bilan RF butun dunyo bo‘yicha 35-pog‘onadan joy oldi. Bu haqda “Regnum” axborot agentligi ma’lumotiga tayanib, “Anhor” xabar bermoqda.
MDH davlatlari bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan Qozog‘istonda internetning o‘rtacha tezligi sekundiga 17 megabitni tashkil etadi. Rossiya ham, Qozog‘iston ham internet tezligi bo‘yicha Avstraliya, Braziliya, Gretsiya va Italiyani ortda qoldirdi.
Internet tezligi bo‘yicha MDH davlatlari ichida eng oxirgi pog‘onadan joy olgan O‘zbekistonda mazkur ko‘rsatkich soniyasiga 2,4 megabitni tashkil etmoqda. Bu esa O‘zbekistondagi internet tezligi Rossiyadagiga nisbatan 10 baravar, Qozog‘istondan esa sakkiz marotaba past ekanligini ko‘rsatmoqda.
Butun dunyo bo‘yicha eng katta internet tezligi Gonkongda qayd etildi (93,51 Mb/s). Shuningdek, kuchli uchlikdan Singapur (79,82 Mb/s) va Janubiy Koreya (53,93 Mb/s) o‘rin oldi.
Internetning eng past tezligi Burkina-Faso, Gvineya va Gambiyada kuzatildi — mazkur mamlakatlarda internet 1,5 Mb/s tezlikdan oshmaydi.
Izoh (0)