Gollandiya janubida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 150 ta avtomobil ishtirok etdi. Mazkur baxtsiz hodisaga quyuq tuman sabab bo‘lgan, deb xabar bermoqda The News Tribune.
Voqea ertalabki ziq vaqtda Gus va Middelburg shaharlarini bog‘lab turuvchi, Amsterdamdan 150 kilometr uzoqlikda joylashgan A58 trassasida sodir bo‘lgan. Hozirda shosse ikki yo‘nalishda ham yopib qo‘yildi.
Avariya natijasida ikki kishi halok bo‘ldi, jabrlanganlar soni haqida esa ma’lumot yo‘q. Voqea sodir bo‘lgan joyda ko‘plab yo‘lovchi va haydovchilar o‘z avtomobillarida tiqilinchda qolib ketdi. Ayni damda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan hududda 50 ta tez yordam mashinasi ishlamoqda.
Politsiya xodimlari mazkur voqeani “dahshatli tartibsizlik” deb atab, uning kun davomida takrorlanishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Izoh (0)