SanDisk kompaniyasi 12-sentabr kuni 512 gigabaytli Extreme Pro SDXC xotira kartasini taqdim etdi. Bu haqda Mashable nashri ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
U dunyodagi ilk bunday katta xotiraga ega SD Card hisoblanadi. Ta’kidlab o‘tish joiz, ko‘pchilik kompyuterlar bunday katta hajmdagi xotiraga ega emas.
Ushbu xotira kartasi 4K video tasvirlar va o‘ta katta piksel hajmiga ega suratlar olish uchun mo‘ljallangan. 512 gigabaytli SD Card fotograflar uchun quvonchli yangilik bo‘lsa ajab emas. Biroq, uning narxi ham anchagina katta. Ushbu xotira kartasi 800 dollardan sotilishi kutilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekistonda sotilayotgan MicroSD xotira kartalarining narxlari bilan ushbu maqolada tanishishingiz mumkin.
Izoh (0)