Ayni damda Janubiy Koreyaning Inchxon shahrida Osiyo o‘yinlari doirasidagi O‘zbekiston — Gonkong uchrashuvi davom etmoqda. Avvalroq “Sport” telekanali mazkur o‘yinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib berish uchun tegishli olib borayotgani haqida xabar berilgandi. Biroq bu choralar amalda o‘z tasdig‘ini topmadi — O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasidagi bahs translyatsiya qilinmadi.
Mazkur masala borasida “Daryo” tahririyati “Sport” telekanali bilan bog‘landi. Manbamizning ma’lum qilishicha, telekanal Osiyo o‘yinlarining O‘zbekiston — Gonkong uchrashuvini olib berish huquqiga o‘yin boshlangunga qadar ham ega bo‘lmagan.
“Sport” telekanali xodimining so‘zlariga ko‘ra, Gonkong terma jamoasiga qarshi davom etayotgan o‘yin internetga joylangach, kechki “Interfutbol” ko‘rsatuvi orqali namoyish etilishi mumkin.
Ayni damda O‘zbekiston — Gonkong uchrashuvining birinchi bo‘limi o‘z nihoyasiga yetdi — hozircha hisob ochilmadi.
Izoh (0)