20 yoshli Jastin Biberning 22 yashar xonanda Selena Gomes bilan unashtiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Ular tez orada kuyovning vatani Kanadada turmush qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Segodnya” xabar berdi.
Selena Gomes Jastin Biber bilan 2010-yilda tanishgan. Oradan bir yil o‘tib, ular munosabatlarining jiddiyligini rasman e’lon qilib, bir-birining ota-onalari bilan tanishgan.
2012-yil kuziga kelib, juftlik qattiq urishib qoladi va Gomes sevimli insonining doimiy xiyonatlari va “quturgan muxlisalari”ga ortiq chiday olmasligini ma’lum qiladi. 2014-yil boshida yarashib olgan juftlik yana uchrasha boshladi.
Kuni kecha esa ikki sevishganga yaqin kishilardan biri Jastin va Selenaning turmush qurish borasidagi qarori haqida xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xonandalar yaqinda hech kimga e’lon qilmay unashtirilib, bir-biriga uzuk taqdim etgan va to‘y haqida kelishib olgan.
Ma’lum qilinishicha, Jastin tez kunlarda rasman nikohdan o‘tish uchun Selenani Kanadaga olib ketadi.
Izoh (0)