Birlashgan Arab Amirliklarining Sharja shahrida xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan FIDE Gran-Prisida 9-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi.
Ushbu turda O‘zbekistonning yagona ayol grossmeysteri Nafisa Mo‘minova oq donalarda mo‘g‘ulistonlik Batchimeg Tuvshintugs bilan bahs yuritib, durang natijani qayd etdi.
Shu tariqa, to‘qqiz imkoniyatdan 2,5 ochko jamg‘argan Nafisa Mo‘minova 12 nafar grossmeyter orasida 10-o‘rinni egallab turibdi. 9-tur o‘yinlarining yakunlariga ko‘ra, xitoylik Chju Venjun 7,5 ochko jamg‘argan holda yakka peshqadam bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, Nafisa Mo‘minova 8-turda armanistonlik Elina Daniyelyan bilan bahs yuritib, imkoniyatni boy bergan edi.
Izoh (0)