“Barselona” klubi hamda Argentina terma jamoasi shifokorlari birgalikda hujumchi Lionel Messi olgan jarohatning tiklanish jarayoni qanday kechayotganini bilish maqsadida tibbiy ko‘rik o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Ikkala tomon ham o‘yinchining sog‘lig‘i ancha yaxshilangan, degan qarorga keldi. Messi yengil mashg‘ulotlarni bajarishda davom etadi va hozircha umumiy guruh mashg‘ulotlarida ishtirok etmaydi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” hujumchisi Ispaniya chempionatining “Vilyarreal”ga (1:0) qarshi o‘yinida jarohat olgan edi.
Izoh (0)