“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin kelajakda “Manchester Yunayted”ga qaytishini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Ronalduning “Real”ga o‘tganidan beri besh yildan ko‘proq vaqt o‘tdi, biroq portugaliyalik futbolchi sobiq jamoasi haqida unutgani yo‘q. O‘z intervyusida u “MYu”ga omad tiladi va yaqin kelajakda qaytishi mumkin ekanini aytdi.
“Men ‘Manchester’ni sevaman, bu haqda juda ko‘p marta aytganman. Manchester hamon mening yuragimda. U yerda mening ko‘plab do‘stlarim qolgan, bu jamoa muxlislariga teng keladigani yo‘q, men u yerga qaytishni istayman.
‘Real’da ham baxtliman, amaldagi shartnomamda yana to‘rt yil muddat bor, biroq kim biladi deysiz? ‘Yunayted’da menga juda iliq munosabatda bo‘lishgan.
Menga ishoning, ular yana eng kuchli jamoaga aylanadi. Bunga aminman. ‘Yunayted’ — buyuk klub”, — dedi futbolchi.
Ronaldu hozirda “Manchester Yunayted” og‘ir davrni boshidan kechirayotganini ta’kidlab, “O‘tgan mavsum ular uchun juda yomon o‘tdi, bu mavsumni ham ‘iblislar’ omadsiz boshladi.
Biroq transfer bozorida ular ajoyib futbolchilar — Di Mariya, Falkaoni qo‘lga kiritdi. O‘ylashimcha, ular ancha kuchli klubga aylanadi. ‘Yunayted’ eng yuqori o‘ringa munosib”, — dedi Ronaldu.
Izoh (0)