2014-yil 29-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qarori bilan Buritosh Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Oliy Majlis Senati qarori bilan Buritosh Mustafayev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining o‘rinbosari etib saylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. Sobirov Senatning mazkur qarori qabul qilingan kundan, ya’ni 29-avgustdan e’tiboran kuchga kirishini ma’lum qildi.
Izoh (0)