Xitoyning Chengdu shahrida davom etayotgan klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida guruh bosqichining so‘nggi 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan “Lokomotiv” qit’a chempionatidagi so‘nggi o‘yinida Avstraliyaning “Vik Vipers” klubini yirik 7:3 hisobida yengdi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Lekin bu g‘alaba Ahad Yusupov shogirdlariga yarim finalga chiqish uchun kamlik qildi. Boisi, xabar berilganidek, dastlabki ikki turda “temiryo‘lchilar” Xitoy va Yaponiya chempionlariga yirik hisoblarda imkoniyatni boy bergan edi.
“Lokomotiv” — “Vik Vipers” 7:3
Gollar: V. Borisov 24, 35 F. Azizov 27, F. Abdumavlonov 34, O. Xolmuhamedov 38 – Migel 19, 39
“Lokomotiv”: 1.Oleg Tukmakov, 8.Vitaliy Borisov, 11.Artur Yunusov, 14.Konstantin Sviridov, 15.Farxod Abdumavlonov.
Zaxiradan tushganlar: 12.Klim Tyugayev, 3.Sunnat Kuralov, 5.Oleg Xolmuhamedov, 6.Farxod Miraxmedov, 7.Furqat Azizov, 9.Andrey Shlyoma, 10.Maxsud Fayzullayev, 13.Faxriddin Samedov, 4.Shuhrat Tojiboyev.
“Vik Vipers”: Kiran, Adam, Migel, Fernando Lima De Morayes, Jonatan Barriyentos.
Zaxiradan tushganlar: Kristos, Rayan Timmins, Konrad Machoy, Kui Mu, Gavin Sshipp, Jeyson Barriyentos, Angelo Fuska, Metyu Vragovski.
Izoh (0)