KXDRda bortiga ballistik raketalar o‘rnatiladigan suvosti kemasi loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda siyosiy va harbiy mavzularni yorituvchi Washington Free Beacon internet nashri ma’lumotiga tayanib, “ITAR-TASS” xabar berdi.
Amerika maxsus xizmati raketa uchirish uchun shaxtalari bo‘lgan Shimoliy Koreya suvosti kemasi bilan bog‘liq ma’lumotlarni olishga muvaffaq bo‘lgan.
Washington Free Beacon’da qayd etilishicha, KXDR ayni damda suvosti kemalariga o‘rnatish uchun mo‘ljallangan raketalarga ega.
Agar Pxenyan suvosti kemani raketalar bilan jihozlashni uddasidan chiqsa, Shimoliy Koreya harbiy dengiz kuchlari AQSh hududiga hujum qila olishi mumkin. Bundan tashqari, kema Sariq dengizdagi hududdan Amerikaning Yaponiya, Filippin va Guam orolidagi harbiy bazalariga hujum qilish imkonini ham beradi.
Izoh (0)