Snapchat suratli xabarlar yuborish dasturining qiymati 10 milliard dollar deb baholandi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
2011-yilning sentabrida Stenford universiteti talabalari Evan Shpigel hamda Jonatan Mey tomonidan taqdim etilgan Snapchat dasturi 2013-yilning iyun oyi yakunlariga ko‘ra 800 million dollarga baholangan.
2013-yilning oxiriga kelib ushbu kompaniyaning bahosi 2 milliard dollar deya qayd etilgan. O‘sha paytda Google kompaniyasi ushbu dasturni 4 milliard dollarga, Facebook esa 3 milliard dollarga sotib olish istagini bildirgan. Biroq, Evan Shpigel o‘shanda to‘g‘ri qaror qabul qilgan va bugungi kunga kelib, dasturning qiymati 10 milliard dollarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh talabalari Facebook’dan ko‘ra Snapchatdan yetti barobar ko‘proq foydalanadi. 18–34 yoshlilarning 32,9 foizi Snapchat dasturini ishlatadi. Bu borada Sanapchat dasturi Facebook’ning 75,6 foiz hamda Instagram’ning 43,1 foiz natijalaridan keyingi uchinchi o‘rinni band etib turibdi.
Izoh (0)