Ispaniya chempionati 1-turidan o‘rin olgan “Real” — “Kordoba” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi va unda “Qirollik klubi” 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda Uff.uz xabar bermoqda.
Birinchi bo‘limning 30-daqiqasiga kelib, Benzema Toni Kroosning uzatmasidan so‘ng, Xuan Karlos qo‘riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi — 1:0.
Ikkinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalarida Krishtianu Ronaldu ham jamoasining g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi — 2:0.
Shu tariqa Ispaniya Primerasi startini madridliklar ishonchli g‘alaba bilan boshladi.
Ispaniya chempionati, 1-tur
“Real Madrid” — “Kordoba”: 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 — 30 Benzema, 2:0 — 90 Ronaldu.
“Real Madrid”: Kasilyas, Arbeloa (Karvaxal, 73), Ramos, Pepe, Marselo, Xames (Isko, 72), Beyl, Kroos, Modrich, Benzema (Xedira, 76), Ronaldu.
“Kordoba”: Xuan Karlos, Pantich, Pinilyos (Kartabiya, 46), Inyigo Lopes, Gunino, Lopes Garay, F. Rossi, Lopes Silva, X. Krespo, Matos (Fidel, 62), Xavenar (Xisko, 67).
Ogohlantirishlar: Pinilyos (18), Lopes Garay (59), Benzema (72).
Izoh (0)