20-avgust kuni Bokudagi Bakcell Arena stadionida bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon va O‘zbekiston milliy terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvida hisob ochilmadi — 0:0. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
Bu o‘yin O‘zbekiston terma jamoasi uchun sentabr oyida Inchxonda o‘tkaziladigan Osiyo o‘yinlari, Ozarbayjon uchun Yevro — 2016 saralash o‘yinlariga tayyorgarlik vazifasini o‘tab berdi.
O‘rtoqlik uchrashuvi (Boku. Bakcell Arena stadioni)
Ozarbayjon — O‘zbekiston: 0:0
Hakamlar: Georgiy Vadachkoriya, Levan Varamishvili, Levan Todria.
Ozarbayjon: Salaxat Agayev, Rasim Ramaldanov, Ruslan Abishov, Ufuk Budak (Ozkar, 46), Mohir Shukurov (s) (Ilkin Girtimov, 60), Raxid Amirguliyev, Vagif Javadov (Nuri, 46 (Allaxverdiyev, 90)), Rufat Dadashov, Rauf Aliyev (Javed Guseynov, 73), Dmitriy Nazarov, Tugrul Erat (Afran Ismaylov, 60).
O‘zbekiston: Eldorbek Suyunov, Yegor Krimes (Bobur Yo‘ldoshev, 53), Islom To‘xtaxo‘jayev (s), Salim Mustafoyev, Davron Hoshimov, Sardor Rashidov, Fozil Musayev (Dilshod Jo‘rayev, 73), Jamshid Iskandarov (Farruh Sayfiyev, 69), Vladimir Kozak (Azim Ahmedov, 79), Navro‘z Alimov (Igor Sergeyev, 53), Ivan Nagayev (Shahzod Nurmatov, 46).
Ogohlantirishlar: Islom To‘xtaxo‘jayev (28), Yegor Krimes (42)
Eslatib o‘tamiz, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi terma jamoa 4-sentabr kuni Toshkentda Iordaniya, 8-sentabr kuni esa, Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi.
Izoh (0)