Samsung kompaniyasi 2014-yilning birinchi yarmi yakunlarini e’lon qildi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Yilning birinchi yarmida kompaniya 223,69 million dona mobil qurilma sotgan, biroq, shunga qaramasdan, kompaniyaning dunyo bozoridagi ulushi o‘tgan yilning birinchi yarmiga nisbatan 26,8 foizdan 24,9 foizga kamaygan.
Samsung joriy yilning ikkinchi choragida ham 17 foiz pastlash qayd etgan edi. Ammo kompaniya yilning ikkinchi yarmida yana o‘sish qayd etishi kutilmoqda. Chunki yaqinda taqdim etilgan metal korpusga ega Galaxy Alpha smartfoni 12-sentabrdan sotila boshlaydi. Shuningdek, 3-sentabr kuni yangi Galaxy Note 4 planshetofonining taqdimoti bo‘lishi kutilmoqda.
Izoh (0)