“Chelsi” himoyachisi Jon Terri Ice Bucket Challenge aksiyasida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.
Jon Terri Ice Bucket Challenge aksiyasi doirasida muzdek suvga cho‘milgach, futbolchilar Jon Obi Mikel va Frenk Lempard, shuningdek, “Chelsi”ning sobiq bosh murabbiyi Rafael Benitesni ham shunday yo‘l tutishga yoki xayriya jamg‘armasiga pul o‘tkazishga taklif qildi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu aksiyaga ko‘ra mashhur insonlar o‘z ustidan muzdek suv quyib, do‘stlariga shunday qilishni yoki xayriya jamg‘armasiga pul o‘tkazishni taklif qilishi lozim. Hozirga qadar futbolchilardan Ronaldu va Dani Alves, Facebook asoschisi Mark Sukerberg, Microsoft asoschisi Bill Geyts hamda Apple kompaniyasining rahbari Tim Kukning tadbir ishtirokchilariga aylanganini ma’lum qilgan edik.
Xayriyadan tushadigan mablag‘ amiotrofik skleroz — Lu Gerig kasalligiga chalinganlarga sarflanadi. Bu kasallik odamning bosh miya sistemasiga ta’sir qilib, keyinchalik falajlikka olib kelishi mumkin.
Izoh (0)