“Manchester Yunayted” klubi rahbariyati “Real” jamoasi yarim himoyachisi Anxel Di Mariyani qo‘lga kiritishga astoydil harakat qilmoqda. Bu haqida Daily Mail nashriga tayanib, Uff.uz xabar tarqatdi.
Ingliz klubi futbolchining transferi uchun 50 million funt sterling (taqriban 84 million dollar), futbolchining o‘zini ko‘ndirish uchun ham 50 million funt to‘lashga tayyor.
“Manchester Yunayted” Di Mariyaga har hafta 200 ming funt (335 ming dollar atrofida) maosh to‘lashni rejalashtirmoqda. Bu esa Di Mariyani Runi va van Persi bilan bir qatorda jamoaning eng katta maosh oluvchi futbolchisiga aylantirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, argentinalik futbolchi “Real” tarkibida 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, yettita gol kiritgan va 22 ta golli uzatma bergan.
Izoh (0)