Apple kompaniyasining yangi smartfoni — iPhone 6 displeyi uchun yuqori suratda sapfir billuri ishlab chiqarish joriy oyda boshlanadi. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
iPhone 6 displeyida sapfir billuri ishlatilsa, uni pichoq bilan ham qirib bo‘lmaydi. Biroq yangi iPhone smartfonlarining hammasida ham sapfir billuri ishlatilmasligi mumkin.
Ba’zi taxminlarga ko‘ra, 4,7 dyuymli iPhone 6 va 5,5 dyuymli iPhone 6L gadjetlarining qimmatroq turlarida ushbu material ishlatilishi kutilmoqda. 128 Gb xotiraga ega 4,7 dyuym displeyli iPhone 6, yoki 64 Gb xotiraga ega 5,5 dyuym displeyli iPhone 6 planshetofonida sapfir billuri ishlatilishi mumkin.
Sapfir billuri yer yuzidagi eng qattiq moddalar qatoriga kiradi. Agar u smartfon displeyida ishlatilsa, uni faqat olmos yordamida qirish mumkin.
Avvalroq iPhone 6 displeyini qumqog‘oz bilan qirib, unda sapfir billuri ishlatilmaganini isbotlagan video-rolikda arzonroq iPhone 6 displeyi sinovdan o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin.
Xabar qilinishicha, sapfir billuri bilan himoyalanmagan iPhone smartfonlari displeyida Corning Gorilla Glass 3 ishlatiladi.
Izoh (0)