O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 2014-yil 19—20-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Xitoyda bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar bermoqda.
Xitoy rahbariyati bilan uchrashuvlar chog‘ida o‘zaro munosabatlarning bugungi ahvoli va istiqboli muhokama etilib, O‘zbekiston va XXR o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlashning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha atroflicha fikr almashiladi. Tomonlar mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega dolzarb masalalarni ham ko‘rib chiqadi.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunida Qo‘shma deklaratsiya qabul qilish, O‘zbekiston va Xitoyning turli sohalardagi hamkorligini izchil rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo va boshqa qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Islom Karimovning Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin taklifi bilan ushbu mamlakatga tashrif buyurishini xabar qilgan edik.
Izoh (0)